Xudoga shukrki, bizda yadro quroli bor – Medvedev

Agar Rossiya strategik yadro quroliga ega bo‘lmaganida, dushmanlar uni allaqachon parchalab tashlagan bo‘lardi — Medvedev.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Yadro quroli bo‘lmaganda, ular bizni allaqachon parchalab tashlashgan bo‘lardi, dedi jurnalistlarga Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.

“Xudoga shukrki, bizda yadro strategik qurollar bo‘yicha paritet (tenglik) va ayrim joylarda hatto ustunlik bor. Bu davlat mavjud bo‘lishi uchun juda muhim. Agar bu bo‘lmaganda, ular bizni parchalab tashlagan bo‘lardi”, - dedi Medvedev.

Jurnalistning uchuvchisiz apparatlar ishlab chiqarish haqidagi savoliga XK raisi o‘rinbosari quyidagicha javob berdi:

"Uchuvchisiz apparatlar borasida. Albatta biz ularni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rayapmiz. Barcha xorijiy apparatlarni ham juda yashi deb bo‘lmaydi. Maslan o‘sha ko‘p gapirilgan “Bayraktar”ni olsak, uning ham kamchiliklari ko‘p ekan. Bizning “Kalashnikov” va boshqa korxonalarimizda ishlab chiqarilayotgan “Kub” va “Lanset” kabi uchuvchisiz apparatlarning sifati juda yuqori. Ular kuchli zaradga ega bo‘lmasa-da, nishonga o‘ta aniq zarba bera oladi.
Hozir biz to‘laqonli zarba beruvchi apparatlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Bu to‘laqonli samolyot degani. Bi sohada biz hali bajarishimiz kerak bo‘lgan ishlar bor. Ishonchim komilki, yaqin oylar ichida ular parvoz qilishni boshlaydi", - dedi Medvedev.