TOShKENT, 23 mar — Sputnik. “Oziq-ovqat, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood-2023” xalqaro ko‘rgazmasida Rossiyaning 40 dan ortiq kompaniyasi ishtirok etadi. Bu haqda Sputnik muxbiriga "Iteca Exhibitions" matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘rgazma 28-30 mart kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” da bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 25 mamlakatidan 140 dan ortiq yaqin kompaniyalar ishtirok etadi. Ular orasida Belarus, BAA, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, turkiya, Germaniya, Hindiston, Xitoy va Rossiya kabi davlatlar bor.
“Rossiya Federatsiyasi kompaniyalari Omsk, Kaliningrad, Penza viloyatlari, Oltoy o‘lkasi va Boshqirdiston Respublikasining jamoaviy ekspozitsiyalari bilan namoyish etiladi. Rossiya Federatsiyasidan 47 ta kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda”, — dedi tadbir tashkilotchilari.
UzFood O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati va oziq-ovqat sektoridagi asosiy voqea hisoblanadi. Ko‘rgazmada har yili butun dunyodan oziq-ovqat sanoatining yetakchi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va distributorlari ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, ko‘rgazma o‘z ishini soat 10:00 dan boshlaydi.