Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytirildi

2023-yil 1-apreldan ayrimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. 23 mart kuni "Ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan quyidagilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:
pedagogik faoliyat bo‘yicha 25-yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagog xodimlar;
yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5-yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.