TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Bugun respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, Toshkentda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi +8-10, kunduzi +22-24 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida shamolning tezligi qum bo‘ronlari bilan sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +2-7, kunduzi +17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham qum bo‘ronlari kuzatilishi mumkin. Kechasi +7-12, kunduzi +22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi +5-10, kunduzi +20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Surxondaryo viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +7-12, kunduzi +23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi +5-10, kunduzi +17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), momaqaldiroq bo‘ladi.
Toshkent va Namangan viloyatlarining 2000 metrdan baland tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi +2-7, kunduzi +10-15 daraja iliq bo‘ladi.