Futbol: O‘zbekiston Togoni 5:3 hisobida mag‘lub etdi — foto

Togolik tengqurlariga qarshi maydonga tushgan jamoa 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Marokashda o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi va g‘alabaga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.

Togolik tengqurlariga qarshi maydonga tushgan O‘zbekiston jamoasi 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Muhammadqodir Hamraliyev, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Odilbek Abdumajidov, Alisher Odilov va Sardor Mahmudov kiritgan gollar O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi.
Timur Kapadze shogirdlari navbatdagi uchrashuvni 25-mart kuni Kot-d’Ivuarga qarshi o‘tkazadi.
1 / 7
2 / 7
3 / 7
4 / 7
5 / 7
6 / 7
7 / 7