Poytaxtda taroveh o‘qilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalar yopiladi — ro‘yxat

Bugun jami 120 ta masjidda “Taroveh” namozlari o‘qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Bugun Toshkentda taroveh namozi o‘qiladigan masjidlar joylashgan ko‘chalarda harakat cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Qayd etilishicha, jami 120 ta masjidda taroveh namozlari o‘qilishi ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan xavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida qator ko‘chalarda harakat cheklanadi.
Quyidagi ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi:
Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: Tepa masjidi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar;
Bektemir tumani bo‘yicha: Alibek masjidi M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar:
Yashnobod tumani bo‘yicha: Islom ota masjidi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar, Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar;
Mirobod tumani bo‘yicha: Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasiga va Qo‘yliq ota masjidi TXAY-Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar;
Sergeli tumani bo‘yicha: Ma’ruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Choshtepa 1-tor ko‘chasiga qadar (Temir panjara - 20), No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli–No‘g‘ayqo‘rg‘on KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasiga qadar;
Yakkasaroy tumani: Usmon bin Ma’zum masjidi KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorraxasigacha qadar, Yakkasaroy masjidi Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘u-bo‘ston chorrahasigacha, shuningdek, Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar;
Yangihayot tumani: Niyozmat ota masjidi TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirishga qadar;
Shayxontohur tumani bo‘yicha: Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasigacha, Kamolon masjidi Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-Ustazoda 2-tor chorraxasiga qadar;
Olmazor tumani bo‘yicha: Xastimom masjidi Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasigacha, Islomobod masjidi KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha va Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasiga qadar;
Yunusobod tumani bo‘yicha: Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasida Shivili ko‘chasiga qadar;
Uchtepa tumani bo‘yicha: Abdullox ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha va Xazrati Ali masjidi Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha qadar;
Chilonzor tumani bo‘yicha: Novza masjidi Bunyodkor-Muqumiy most tagidan Oliy Majlis qarshisigacha va Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy-Gavhar chorraxasidan So‘galli ota ko‘chasigacha, shuningdek, Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasiga qadar.