Pokistonda zilzila qurbonlari soni ortib bormoqda

Episentri Afg‘oniston shimoli-sharqida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 9 nafar pokistonlik qurbon bo‘ldi, 44 kishi jarohat oldi.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Afg‘onistondagi zilzila oqibatida halok bo‘lgan pokistonliklar soni to‘qqiz kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti The News nashriga tayangan holda xabar berdi.
Qayd etilishicha, episentri Afg‘oniston shimoli-sharqida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 9 nafar pokistonlik qurbon bo‘ldi, 44 kishi jarohat oldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Afg‘onistonda Tojikiston bilan chegaradosh tog‘li hududidan 50 kilometr uzoqlikda 6,5 ​​magnitudali zilzila sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Yer silkinishlari Hindiston, Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham sezilgan.
Avvalroq Pokistonda episentri Afg‘oniston shimoli-sharqida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohatlangani ma’lum qilingandi.