TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi neyrotravmatologiya bo‘limida ilk bor chanoq-son va tizza bo‘g‘imlari artrozi kasalligida plazmolifting muolajasi va umurtqa suyaklari sinishida perkutan vertebroplastika amaliyoti o‘zlashtirildi.
“Bo‘yin umurtqalarini transpedikulyar fiksatsiya bilan stabilizatsiyalash operatsiyasi joriy etilishi ham katta yangilik bo‘ldi. Shuningdek, yurtimizda ilk bor bipolyar endoprotezlash muolaja usulini yo‘lga qo‘ydik”, - deydi klinika bosh shifokori Sanjar Matkarimov.
Bundan tashqari, laparoskopik usul orqali Xirurgiya bo‘limida diafragma churrasini bartaraf qilish, Koloproktologiya bo‘limida esa sigmasimon ichak rezeksiyasi operatsiyalari bajarilgan.
PRP-terapiya, ya’ni bemor plazmasini ajratib olib, bo‘g‘imga yuborish yo‘li bilan ushbu tana qismidagi patologiyani bartaraf etishga qaratilgan amaliyotlarni hayotga tatbiq qilingan.