Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 22-martning asosiy xabarlari

Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Sinkovka, Olshana va Kotlyarovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 50 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita avtomashinasi va 2S3 "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xarkov viloyati Kislovka qishlog‘i yaqinida 103-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi LXRning Chervonaya Dibrova, Ploschanka aholi punktlari hududlarida joylashgan UQKning 90 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita zirhli jangovar mashinasi, uchta pikapi, "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi, shuningdek, D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi o‘tgan sutka davomida faol operatsiyalari davomida 300dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, uchta zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya qurilmasi, shuningdek D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlari guruhi DXRning Ugledar, Zaporojye viloyatining Zaliznichnoe, Malaya Tokmachka, Malie Sherbaki aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 40 nafar harbiy xizmatchisi, uchta texnikasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan bitta M777 artilleriya tizimini yo‘q
qilishdi.
Zaporoje viloyati Zaliznichnoe qishlog‘i yaqinida 102-hududiy mudofaa brigadasining harbiy texnikasi uchun yoqilg‘i ombori vayron qilingan.
Xerson yo‘nalishida dushmanning 20 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina va "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriyasi bir sutkada UQKning 112 ta hududda joylashgan 83-ta bo‘linmalarini ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
Odessa shahri yaqinidagi Shkolniy aerodromi hududida UQKning qurol-yarog‘ va harbiy texnikasi saqlanayotgan ikkita ombori yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari Xarkov viloyatining Malie Krinki qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertolotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofa tizimlari kun davomida LXRNing Krivosheyevka, Nikolayevka, Rubejnoe, Kremennaya, DXRning Peski, Novoandreyevka, Vasilevka, Stepovoe, Novopokrovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 26 ta uchuvchisiz apparatini yo‘q qilndi. Zaporojye viloyati, Xerson viloyatining Golaya Pristan va Krinki aholi punktlari hududida uchta HIMARS raketasi urib tushirilgan.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 403ta samolyot, 224 ta vertolot, 3 528 ta uchuvchisiz uchish apparati, 414 ta zenit-raketa majmuasi, 8 370 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 070 ta ko‘p sonli raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4410 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9052 dona maxsus harbiy mashinalar.