TOShKENT, 22 mar — Sputnik. “Tolibon”* harakati tayinlagan Afg‘oniston mudofaa vaziri Muhammad Yoqub O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Afg‘oniston.
Delegatsiya tarkibi O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov va Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevdan iborat.
“Tolibon”* Mudofaa vazirligiga ko‘ra, tomonlar uchrashuvda chegarani himoya qilish, xavfsizlikni ta’minlash va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.
O‘zbekiston tomoni “Tolibon”* harakatiga siyosat, iqtisod, xavfsizlik va boshqa sohalarda yordam berishga tayyorligini bildirgan.
*tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida