TOShKENT, 21 mar — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi zilzila oqibatida respublika hududida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar kuzatilmaganini ma’lum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, bino va inshootlarga zarar yetmagan.
“O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sarosimaga tushmaslikni va vahimaga berilmaslikni so‘rab qoladi. Ba’zi-ba’zida shunday zilzilalar respublikamiz hududida kuzatilib turadi”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgani va bu zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezilgani xabar qilingan edi. O‘zbekistonning ayrim joylarida uning kuchi 5-6 ballni tashkil etgan.