TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya va Xitoy ikki davlat yetakchilari Vladimir Putin va Si Szinpin muzokaralari yakuni bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Bayonotda, xususan, quyidagilar bayon etilgan:
Rossiya va Xitoy bir-biri manfaatlarini himoya qilishga, avvalo, suverenitet, hududiy yaxlitlik, xavfsizlikni o‘zaro qo‘llash niyatida;
dengizda va havoda muntazam qo‘shma patrul va qo‘shma mashg‘ulotlarni o‘tkazishga kelishib olishdi;
Ukraina mojarosidagi inqirozning yanada keskinlashishining oldini olishga chaqirishadi;
NATOning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan aloqalari kuchayishi katta xavotir uyg‘otadi;
NATOni boshqa davlatlar va ular manfaatlarini hurmat qilishga chaqirishadi;
bir davlatning boshqa davlatlarga o‘z qadriyatlari, mavjud bo‘lmagan “oliy demokratiyasini” zo‘rlab o‘tkazishiga qarshi;
BMT Xavfsizlik kengashini chetlab o‘tib o‘rnatilgan barcha bir yoqlama sanksiyalarga qarshi;
Rossiya “Yagona Xitoy” prinsipiga sodiqligini tasliqlaydi, Tayvan Xitoy Xalq Respublikasining ajralmas bir qismi ekanini tan oladi.