Qamchiqda neft tashishga mo‘ljallangan yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

Yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida “Toshkent – Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan neft tashishga mo‘ljallangan maxsus yuk avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan. Natijada yuk avtomobiliga ortilgan bitum mahsuloti yerga to‘kilgan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVVning 3 ta maxsus texnikasi yetib borgan. Hodisa oqibatlari bartaraf etilgan.
Vazirlik hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.
Dovonda avtomobillarning ikki tomonlama xavfsiz harakati davom etmoqda.