TOShKENT, 21 mar — Sputnik. 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 871 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bundan Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
“Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 544,4 ming nafarga yoki 2,7 baravarga oshgan”, - deyilgan xabarda.
Ikki oyda eng ko‘p Tojikiston (289,2 ming nafar), Qozog‘iston (241,4 ming), Qirg‘iziston (211,2 ming) va Rossiyadan (81 ming) sayyoh kelgan.
Keyingi o‘rinlarda Turkiya (13,4 ming), Turkmaniston (4,8 ming), Janubiy Koreya (4,4 ming) va Hindiston (2,4 ming) fuqarolari qayd etilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonga Ukraina – 1,7 ming, Ozarbayjon– 1,7 ming, Belarus – 1,6 ming, Xitoy – 1,6 ming, AQSh – 1,4 ming, Germaniya – 1,3 ming kishi sayohat uchun kelgan.