Tibbiyot fanlari nomzodi Yekaterina Demyanovskayaning aytishicha, kunduzi uyqu bosishi organizmdagi jiddiy kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu holatda kunduzgi uyqu istagi kuchli bo‘lib, unga qarshi kurashish qiyin. U endokrin va moddalar almashinuvi tizimining buzilishi, jigar va buyrak kasalliklarida paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, sedativ, Parkinson va tutqanoq, spazmlar va qon bosimi oshishiga qarshi preparatlarni ko‘p qabul qilishdan kelib chiqishi mumkin.
Bunday holda, umumiy qon tahlili va temir metabolizmining parametrlarini, qalqonsimon bez gormonlari, glyukoza darajasini tekshirish, shuningdek, jigar va buyraklar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun biokimoviy qon testini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Shuningdek, kunduzgi uyqu muntazam spirtli ichimliklar va psixoaktiv moddalar iste’mol qilishdan paydo bo‘lishi mumkin.