“UzAirways” uch yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent – Jakarta yo‘nalishidagi reyslarni tiklamoqda

Muntazam aviaqatnovlar 26-apreldan boshlanadi. Parvoz haftada bir marta amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” uch yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent – Jakarta – Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni qayta yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar 2023-yilning 26-aprelidan boshlanadi. Parvoz haftada bir marta (chorshanba kuni) amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarga “Dreamliner 787” havo kemasi xizmat ko‘rsatadi.
Aviakompaniya Jakartadan Indoneziyaning Bali shahriga qulay tutashuv reyslari mavjudligini eslatgan.