TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Tojikistonda deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydigan muzliklar soni kamaydi. Bu haqda mamlakat Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Bahodur Sheralizoda ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik Tojikiston.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi, ayniqsa, issiqlik ta’siri natijasida muzlarning erish tezligi tezlashgan.
“Masalan, Zarafshon darosi havzasida uzoq yillik kuzatuvlarga ko‘ra, muzliklarning erishi tezroq bo‘ladi. Zarafshon meteorologiya stansiyasi kuzatuvlariga ko‘ra, ularning muzliklari eng zaif hisoblanadi”, - dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, har yili muz blokining maydoni 1,3 kv. km.metrgacha qisqaradi.
Sheralizodaga ko‘ra, atmosferaga issiqxona gazlari minimal miqdorda chiqayotganiga qaramay, Tojikiston iqlim o‘zgarishi ta’siriga eng zaif davlatlardan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Tojikistonda muzliklar mamlakat hududining 6 foizini egallaydi. Aynan ular deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi.
Muzliklar Tojikiston tog‘larida joylashgan. Ularning umumiy maydoni 8476 kv. km dan oshadi, mingdan ortiq bu tuzilmalar uzunligi esa 1,5 km dan ortiq.