Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tunu kun maxsus operatsiya hududida xizmatga shay Rossiya Su-34 qiruvchilari - video

Rossiya Mudofaa vazirligi maxsus harbiy operatsiya hududida jangovar vazifalarni bajarayotgan Su-34 ekipaji parvozi aks etgan lavhalarni ko‘rsatdi.
Sputnik
Su-34 qiruvchi-bombardimonchilar ekipajlari joylashgan aerodromlarida tunu kun jangovar navbatchilikni o‘tashmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, uchuvchilarning asosiy vazifasi havo hududini qo‘riqlash va har qaysi paytda bo‘linmalarning xatti-harakatlari xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Ta’kidlanishicha, bunday parvozlar har qanday ob-havo sharoitida amalga oshiriladi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.