Si Szinpin Rossiyaga tashrifi maqsadini oshkor qildi

XXR raisi 20-22 mart kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisi Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlikning yangi istiqbollari sari qat’iyat bilan harakat qilish niyatida. Bu haqda Si Szinpinning Rossiyaga tashrifi arafasida yozilgan maqolasida ma’lum qilindi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Xitoylik siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, uning Rossiyaga tashrifi do‘stlik va tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan va u Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan birgalikda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalarni belgilashga ham tayyor.
Si Szinpin 70-yildan ortiq vaqt davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar juda murakkab yo‘lni bosib o‘tganini ta’kidladi.

“O‘zaro munosabatlarning hozirgi darajasiga oson erishilmadi, shuning uchun Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlikni ehtiyotkorlik bilan saqlash kerak. Rossiyaga bo‘lajak tashrifim do‘stlik, hamkorlik va tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan. Men Vladimir Putin bilan birgalikda Xitoy-Rossiya munosabatlari keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlikning yangi istiqbollarini ochishga qaratilgan yangi rejalar va chora-tadbirlarni belgilashga tayyorman”, — dedi Xitoy rahbari.

Eslatib o‘tamiz, XXR raisi 20-22 mart kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ladi. Bu uning uchinchi muddatga qayta saylanganidan keyin xorijga ilk safari.