Si Szinpin Mirziyoyevni Xitoyga taklif qildi

May oyida Mirziyoyev “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etishi va Xitoyga davlat tashrifi bilan borishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Xitoy raisi Si Szinpin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Xitoyga davlat tashrifi bilan kelishni taklif qildi. Bu haqda uning O‘zbekiston rahbariga Navro‘z munosabati bilan yo‘llagan tabrigidan ma’lum bo‘ldi.
“Men Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qarataman. Sizning joriy yil may oyiga rejalashtirilgan ilk “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etishingizni va Xitoyga davlat tashrifingizni kutib qolaman”, - deya yozgan Si Szinpin.
U Mirziyoyev bilan birgalikda Xitoy – Markaziy Osiyo munosabatlari istiqbollari hamda Xitoy va O‘zbekistonning ikki tomonlama hamkorligiga oid katta rejalarini muhokama etishi hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarishiga ishonchim komil ekanini qayd etgan.
O‘tgan yili sentabr oyida Xitoy raisi O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan edi. O‘shanda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollari belgilab olingan edi.