Rossiya XJS a’zolariga qarshi jinoyat ishi ochdi

Rossiya Tergov qo‘mitasi Putinni hibsga olish uchun order chiqarilgandan so‘ng XJT prokurori va sudyalariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Rossiya Tergov qo‘mitasi Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori va sudyalariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar berdi departament.

“Tergov qo‘mitasi Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Ahmad Xon, Xalqaro jinoiy sud sudyalari Tomoko Akane, Rosario Salvatore Aitala va Serxio Xerardo Ugalde Godinezga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi”, — deyiladi xabarda.

Rossiya tan olmaydigan XJSning 17-mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisida sudyalar Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olish to‘g‘risida order chiqargan. Hujjatda aytilishiga ko‘ra, ular "2022 yil 24-fevraldan beri Ukrainadan bolalarni noqonuniy olib chiqish" bilan shug‘ullanganlar.
Federatsiya Kengashi konstitutsiyaviy qo‘mitasi rahbari Andrey Klishasning aytishicha, bu qaror hech qanday qonuniy asos va oqibatlarga olib kelmaydi. Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni xunuk va qabul qilib bo‘lmaydigan holat ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kreml XJS qarorini xotirjam qabul qilgan, “prezident ishlashda davom etmoqda”.
Rossiyadan tashqari ushbu sud yurisdiksiyasini AQSh, Xitoy, Hindiston, Isroil va Eron ham tan olmaydi.