Rossiya Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun ochiq — Putin

Putin Rossiya Ukrainadagi mojaroning siyosiy-diplomatik yechimiga ochiqligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Rossiya Ukraina inqirozini siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun ochiq. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Jenmin jibao” gazetasidagi “Rossiya va Xitoy – kelajakka qaratilgan hamkorlik” nomli maqolasida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
"Rossiya Ukraina inqirozini siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun ochiq. Ammo 2022-yilning aprelidayoq tinchlik muzokaralari hargiz biz tomonimizdan to‘xtatilmagan edi", - dedi Rossiya rahbari.