Putin qaysi mutaxassis migrantlarga talab eng yuqori ekaniga baho berishga chaqirdi

Rossiya rahbari mamlakatning uzoq muddatli manfaatlari va taraqqiyot vazifalarini inobatga olgan holda migratsiya muammosiga har jihatdan qarash lozimligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning uzoq muddatli manfaatlari yo‘lida qaysi mutaxassis migrantlarga talab eng yuqori ekaniga baho berish kerakligini ma’lum qildi.
“Mamlakatning uzoq muddatli manfaatlari va taraqqiyot vazifalarini inobatga olgan holda migratsiya muammosiga har jihatdan qarash, qaysi mutaxassislarga qaysi mintaqalarda va sohalarda ayniqsa talab yuqori ekaniga baho bermoq lozim”, - dedi Putin IIV hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu yerda ko‘plab omillar mavjud va ularning barini inobatga olish kerak.