TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Gretsiyada o‘tkazilgan Jahon kubogi finalida o‘zbekistonlik gimnastikachi Taxmina Ikromova bulava bilan mashq bajarish bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, uning natijasi 31,700 ga teng bo‘lgan.
Ushbu turdagi dasturda oltin germaniyalik Margarita Kolosovga tegishli. Bronza qozog‘istonlik gimnastikachi Eljana Taniyevaga nasib etdi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha 2023-yilgi Jahon kubogining birinchi bosqichida O‘zbekistonni ikki nafar gimnastikachi – Taxmina Ikromova va Evelina Atalyants himoya qilgan.
17-19 mart kunlari Palayo Faliro bo‘lib o‘tgan turnir jahon chempionatining bir qator bosqichlarini ochdi. Keyin ular Sofiya, Toshkent, Boku va Milanda bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqalarning har birida medallar yakkalik va guruhli ko‘pkurash, shuningdek, ayrim mashqlar turlari bo‘yicha o‘ynaladi.