O‘zbekiston piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklovni bekor qildi

15 martdan piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov bekor qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekiston piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovni bekor qildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
“15 martdan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati piyoz narxi barqarorlashganligi sababli piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovni bekor qildi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, piyoz narxining keskin o‘sishi, aholining ichki iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Hukumat topshirig‘i bilan 2023-yilning 1-apreliga qadar piyoz eksportiga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan edi.