TOShKENT, 18 mar — Sputnik. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi Yangi Toshkent hududidan boshlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Qayd etilishicha, “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi aynan Yangi Toshkent hududidan boshlanadi.
Shavkat Mirziyoyev rasskazal o planax po razvitiyu Tashkenta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
"Bunda 420 gektar maydonda Markaziy bog‘ barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi. Bugun ushbu bog‘da yaxshi niyatlar bilan 1 ming tup daraxt ekiladi", deyiladi xabarda.
Prezident bu ishlarning davomi sifatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor faslida har bir mahalla hududida 1 mingtadan daraxt ekishni taklif etdi.