TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi Osiyo Chempionati U-20 doirasida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston - Iroq o‘rtasidagi final o‘yiniga tashrif buyurdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Bugun "Bunyodkor" stadionida O‘zbekiston U20 yoshlar terma jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo kubogi doirasida Iroqqa qarshi o‘yin o‘tkazmoqda.