TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga Markaziy boqqa ko‘chatlar o‘tqazdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahri qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.
Shavkat Mirziyoyev
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Marosimda qayd etilganidek, Yangi Toshkent chinakam ekologik shahar bo‘ladi. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu yerdan boshlanadi. 420 gektar maydonda “Markaziy bog‘” barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi.
Davlat rahbari jamoatchilik vakillari bilan birga ushbu boqqa ko‘chatlar o‘tqazdi. Tadbirda ishtirok etgan diplomatik korpus vakillari bilan muloqot qildi.
Mavzuga oid: