TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev futbolchilar bilan bir jamoa bo‘lib, kubokni ko‘tardi.
Davlat rahbarining maydonga tushib chempionlikni nishonlashi O‘zbekiston tarixida birinchi marta bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Toshkentda U20 Osiyo Kubogi g‘olibi bo‘ldi. Finalda jamoa Iroqqa qarshi o‘ynadi va 1:0 hisobida ustun keldi.