TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiyani Ukrainadagi “harbiy jinoyatlar”da ayblar ekan, AQSh boshchiligidagi G‘arb boshqa davlatlardagi noqonuniy xatti-harakatlarini ham eslashi kerak. Bu haqda Yevroparlament deputati Mik Uolles o‘zining “Twitter”dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Yevroparlament deputati Uolles AQShning Iroqdagi harbiy jinoyatlarini eslatdi va Bush va Bler qachon hibsga olinishini so‘radi.
“Ehtimoliy urush jinoyatini sodir etgan har kim javobgarlikka tortilishi kerak. Rossiya-Ukraina mojarosini ko‘rib chiqishda, qolgan hammasiga e’tibor qaratishimiz mumkin. Iroqda millionlab tinch aholining hayotiga zomin bo‘lgan noqonuniy urushga 20-yil bo‘ldi, Bush va Bler qachon hibsga olinadi?”, - deb so‘radi u.