TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya ustidan parvoz qilish imkoniyatini yo‘qotgan Amerika aviakompaniyalari Kongress va Oq uyni xorijiy raqobatchilarga Rossiya havo hududi orqali parvoz qilishni taqiqlashga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti New York Times nashri ga tayanib xabar berdi.
Nashr ta’kidlaganidek, parvoz vaqtini tejaydigan va yoqilg‘i sarfini kamaytiradigan qutb yo‘nalishlari yo‘qolganligi sababli AQSh aviatashuvchilari Tinch okeani bo‘ylab parvozlar rejalarini o‘zgartirgan, yo‘lovchilar va yuklar sonini kamaytirgan, shuningdek, Mumbay, Tokio, Seul va boshqa bir qator shaharlarga rejalashtirilgan o‘ndan ortiq parvozlarni keyinga surgan.
Shu sababli, AQSh aviakompaniyalari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda, chunki Rossiya orqali parvoz qilish uchun ruxsat berilgan xorijiy raqobatchilar yo‘lovchilarni tezroq va arzonroq tashiydi. Rossiya orqali qisqaroq va tejamkor yo‘nalishlarga kirish Air India, Emirates va China Eastern Airlines kompaniyalariga "adolatsiz ustunlik" beradi.
Shunday qilib, Amerika uchun aviakompaniyaning sanoat lobbi guruhi Amerika tashuvchilari bozor ulushini yillik yo‘qotishini ikki milliard dollarga baholadi.
Amerika aviakompaniyalari Oq uy va Kongressdan "muammoni hal qilishlari"ni ta’lab qilib, chet ellik tashuvchilarga ham AQSh aviakompaniyalariga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarni kiritishni so‘ragan.
Amerika aviakompaniyasi matbuot kotibi Marli Koliyerning aytishicha, Jo Bayden ma’muriyati Rossiya ustidan uchayotgan xorijiy aviakompaniyalarning "AQSh aeroportlari orqali uchmasligi, qo‘nmasligi yoki tranzit o‘tmasligini" ta’minlashi kerak.
Qo‘shimcha qilinishicha, AQShga uchuvchi Xitoy aviakompaniyalariga Rossiya havo hududi orqali parvoz qilishni taqiqlovchi farmoyish loyihasi tayyorlagan va u ko‘rib chiqilmoqda.