Navoiydagi Sentob qishlog‘iga “turizm qishlog‘i” maqomi berildi — endi nimalar o‘zgaradi?

Sentob turizm maqomini ilishi natijasida 200 ga yaqin aholi ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Navoiy viloyatining Nurota tumanida joylashgan "Sentob" qishlog‘iga “turizm qishlog‘i” maqomi berildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Bugun "Sentob" turizm qishlog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyevga “Sentob – turizm qishlog‘i” ekanligini rasman tasdiqlovchi sertifikat va tashakkurnoma topshirildi.
Navoiydagi Sentob qishlog‘iga “turizm qishlog‘i” maqomi berildi
Azamat Fayziyevning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hududni “turizm qishlog‘i”ga aylantirish natijasida 200 ga yaqin ishsiz aholi, jumladan, xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.
“Bugungi kunda qishloqda 30 dan ortiq tadbirkorlik subyekti mavjud. Qishloqda muntazam ravishda Angliya, Fransiya, Avstriya, Rossiya va boshqa davlatlardan xorijiy sayyohlar oqimi kuzatilmoqda”, – dedi hokim.
Navoiydagi Sentob qishlog‘iga “turizm qishlog‘i” maqomi berildi
Sentobda 20 ta oilaviy mehmon uyi va 3 hostel faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni damda turizm qishlog‘ida 15 dan ortiq turistik xizmat yo‘lga qo‘yilgan.
Bu maqomga ega bo‘lgan hududda ravon yo‘llar barpo etilib, obodonlashtiriladi. Elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti, oqava suv tizimi yaxshilanadi. Mobil aloqa va internet tarmog‘i sifatini oshirish uchun bazaviy stansiyalar o‘rnatiladi.
Qishloq odamlari uchun yangi ish o‘rinlari va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Mavzuga oid:
Navoiydagi Dara qishlog‘ida turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
Qashqadaryodagi yana bir qishloq turizm maskaniga aylantiriladi.