Bu qiziq

Inson tanasidagi mo‘jizalar: yurak, jigar, buyrakning ko‘rinmas funksiyalari qanday?

O‘rtacha yoshdagi insonning bosh terisida qancha soch tolasi bo‘lishi, insonning yuragi bir kunda necha bora urishi haqida materialimizda o‘qing.
Sputnik
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi inson tanasidagi ayrim mo‘’jizalarni sanab o‘tdi. Unga ko‘ra, inson jismidagi mo‘’jizaviy a’zolardan biri yurak bo‘lib, u ishlamasa va faoliyatdan to‘xtasa, inson halok bo‘ladi.
Insonning yuragi bir kunda 100 000 bora uradi. Bir yilda o‘rtacha o‘ttiz besh million marta, o‘rtacha umri davomida esa ikki yarim milliard marotaba uradi.
O‘rtacha yoshdagi insonning bosh terisida 100 000 soch tolasi bo‘ladi.
Jigar inson tanasida 500 dan ortiq funksiyalarni bajaradi. Ammo uning asosiy vazifasi qonni tozalash va yog‘larni parchalashda asosiy rol o‘ynovchi sariq suyuqlik ishlab chikarishdir.
Ingichka ichak oshqozon tizimining eng muhim qismi bo‘lib, ovqatni parchalash va badanning turli qismlariga tarqatish uchun yuboriladigan ozuqa moddalarini chiqaradi.
Qizilo‘ngachdan taom doimo oshqozonga yo‘naladi. Agar inson boshini pastga osiltirib turib yeb-ichsa ham uning yordamchi paylari sababli teskari harakatda oshqozon tarafga yo‘nalaveradi.
Tananing eng mustahkam a’zosi tish emali hisoblanadi.
Buyraklar bir kunda organizmdagi qonni 300-marta yuvadi.
Qizil qon hujayralari (eritrotsitlar) suyak iligida shakllanib, to‘rt oy yashaydi. Ushbu to‘rt oylik umri mobaynida tananing barcha 60 trillion hujayrasida oziqlanadi. Shu sababli inson tanasida qariyb 250 000-marta aylanadi.
Mavzuga oid:
Inson 40 yoshdan keyin hayot tarzini o‘zgartirishi kerak – mutaxassis.