Toshkentdan tarixiy ko‘za topildi

Tarixiy ko‘za Toshkent viloyatidan shahrga o‘tgan qismida joylashgan "To‘qay tepa" orxeologik yodgorligidan topilgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Toshkent shahridan tarixiy ko‘za topildi. Hozirda ushbu tarixiy topilmaning yasalgan davri aniqlanmoqda, deya xabar berdi Madaniy meros agentligi.
Tarixiy ko‘za Toshkent viloyatidan shahrga o‘tgan qismida joylashgan "To‘qay tepa" orxeologik yodgorligidan topilgan.
Tarixiy ko‘za
Ko‘zaning balandligi 80 sm, diametri 188 sm bo‘lib, u yaxshi holatda saqlanib qolingan.
Topilma belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyiga topshirildi. Hozirda muzey ilmiy xodimlari tomonidan ushbu tarixiy topilmaning yasalgan davri aniqlanmoqda.