Sayyoralar paradi: o‘zbekistonliklar uni qachon va qayerda ko‘rishlari mumkin?

Sayyoralar paradi 28-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Uni O‘zbekistonning ochiq joylari va ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlaridan ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Mart oyining so‘nggi kunlarida Yer aholisini noyob astronomik hodisa kutmoqda. Ular beshta sayyoraning bir chiziqqa tizilishiga guvoh bo‘lishadi. Bu haqda Astronomiya instituti ilmiy kotibi Igor Ibragimov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Sayyoralar paradi 28-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Yupiter, Merkuriy, Venera, Uran va Mars g‘arbiy osmonda saf tortadi.
Ushbu hodisani 28-martdan bir necha kun oldin va keyin ham kuzatish mumkin.
Mutaxassisning fikricha, bu tomoshani quyosh botganidan keyin ochiq joylarda yoki ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlaridan hech qanday muammosiz ko‘rish mumkin.
Venera eng yaxshi ko‘rinadi, Uran va Marsga durbin yoki teleskop kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, bunday sayyoralar paradi oxirgi marta 2012-yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan. Keyingisini 2040-yilda kuzatish mumkin bo‘ladi.