TOShKENT, 17 mar - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov ham ishtirok etdi.
“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida madaniyat, ta’lim va turizm kabi sohalardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildik”, - deb izoh qoldirgan Baxtiyor Saidov.
Eslatib o‘tamiz, 16-mart kuni Toshkentda faoliyat yuritayotgan MGIMO hamda Gersen nomidagi Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallarida Rossiya va O‘zbekistonning oliy ta’lim sohasi mutaxassislari, OTM professor o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston Rossiya OTMlarining 14ta filiallari faoliyat yuritmoqda. Ularda 7,5 ming tnafar talabalar ta’hsil olmoqda. Rossiyada ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 63 ming kishini tashkil qiladi.