Tashqi ishlar vazirligida MDH Ijroiya qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Delegatsiyaga MDH Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Leonid Anfimov boshchilik qildi.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Kecha, 15-mart kuni, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiyaga MDH Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Leonid Anfimov boshchilik qildi.
Muzokaralarda O‘zbekistonning ushbu tuzilma bilan hamkorligining dolzarb jihatlari, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish jarayoni, shuningdek, rejalashtirilgan ko‘p tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.