Referendum — 2023

Referendumda muddatidan oldin ovoz berish qachon bo‘lib o‘tadi

Ta’kidlanishicha, referendum kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi referendumida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 19-26 aprelda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, referendum kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berishi mumkin. Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni esa 19-26 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi 2023-yil 30-aprel – yakshanba kuni o‘tkaziladi.