Referendum — 2023

MSK referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish rejasini tasdiqladi

Majlisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlari chegaralari doirasida 14 ta okruglar tashkil etish qarori qabul qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. 16 mart kuni Markaziy saylov komissiyasining (MSK) O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Majlisda referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish kalendar rejasini tasdiqlash, referendum okruglarini tuzish, referendum xarajatlar smetasini tasdiqlash, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining malaka oshirishini tashkil etish, MSK matbuot markazi faoliyatini tashkil etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish kalendar rejasi tasdiqlandi.
Majlis kun tartibiga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazuvchi referendum okruglarini tuzish to‘g‘risida” qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlari chegaralari doirasida 14 ta okruglar tashkil etildi.
Qayd etilishicha, o‘tkaziladigan referendumni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 182,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yichaO‘zbekiston Respublikasining referendumi 2023-yil 30-aprel – yakshanba kuni o‘tkaziladi.

Mavzuga oid:

Konstitutsiya loyihasi matni e’lon qilindi — hujjat qachon kuchga kiradi?
Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yishga monelik qiluvchi holatlar aniqlanmadi