TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Pentagon Qora dengiz ustida qulab tushgan AQShning uchuvchisiz apparati suratga olgan (ehtimoliy) videoni e’lon qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
E’lon qilingan videoda Rossiyaning Su-27 samolyoti katta tezlikda dron yonidan uchib o‘tib ketishi aks etgan. Shundan so‘ng dron parragi aylanishdan to‘xtashi va video uzilib qolishi aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni AQShning MQ-9 Reaper zarba beruvchi uchuvchisiz apparati Qora dengiz ustida qulab tushgan edi. Shundan so‘ng Pentagon rahbari Rossiya Aerokosmik kuchlariga murojaat qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 14-mart kuni ertalab soat 09:30da (msk) Qrim hududida sodir bo‘lgan. Transponderlari o‘chirilgan Amerika droni maxsus harbiy operatsiya vaqtida parvozlar cheklangan havo hududi chegarasini buzgan holda Rossiya yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan. Radiolokatorlar dronni aniqlaganidan so‘ng havo hujumidan mudofaa kuchlarining navbatchi samolyoti havoga ko‘tarilgan.
Rossiya qiruvchi samolyoti dron yonidan uchib o‘tganidan so‘ng u to‘satdan balandligini yo‘qotib, suvga qulab tushgan. Rossiya samolyoti MQ-9ga qarshi qurol ishlatmagan u bilan to‘qnashmagan va o‘z aerodromiga zararsiz qaytgan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng Qora dengizning qirg‘oqbo‘yi hududlarida parvozlar uchun cheklovlar o‘rnatilganini hisobga olmayapti. Uning ta’kidlashicha, AQShning bunday harakatlari keskinlikni oshirishga qaratilgan provokatsiyaga o‘xshaydi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar strategik barqarorlikdan manfaatdor mas’uliyatli kuch bo‘lish haqida doimo gapirib keladi.