TOShKENT, 16 mar — Sputnik. V.P. Chkalov nomidagi Nijniy Novgorod xalqaro aeroportidan Toshkentga parvozlar ochilmoqda. Bu haqda aeroport matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston poytaxtiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlar “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Parvozlar 28-martdan boshlab haftasiga ikki marta – seshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Toshkentdan uchish 18:00, Nijniy Novgorodga yetib kelish 20:00 da. Volgabo‘yi federal okrugi poytaxtidan jo‘nash esa 21:30, O‘zbekiston poytaxtiga yetib kelish 03:00 da. Vaqtlar har bir aeroport uchun mahalliy hisoblanadi.
Parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.