O‘zgidromet bugungi ob-havo haqida ma’lumot berdi

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 18-20° iliq bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.