TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Mo‘g‘ulistonda o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi xokkey bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir g‘alabani qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekiston terma jamoasi mezbonlariga qarshi bahs olib borib, 7:4 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng xokkeychilar turnir jadvalida 9 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylanib olishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi
4-tur o‘yini bugun Tailandga qarshi o‘tkaziladi. Agar ushbu bahsda ham sportchilar g‘alaba qozonishsa, chempionat g‘olibligini muddatidan avval rasmiylashtirishadi.
O‘zbekiston terma jamoasi
© Milliy olimpiya qo‘mitasi