TOShKENT, 15 mar — Sputnik. 16—23 mart kunlari Toshkent va Namangan viloyatlari hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud, deya ogohlantirdi O‘zgidromet direktori Sherzod Habibullayev.
Ta’kidlanishicha, havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning dengiz sathidan 2000 metr va undan yuqori tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Quyidagi hududlarda qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin:
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasi Chimon tog‘larida;
Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.