TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Hozirgina Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida U20 Osiyo Kubogining yarim final bahsi yakuniga yetdi.
Uzbekistan - Yujnaya Koreya AFC U20 1/2 final
O‘zbekiston - Janubiy Koreya jamoalari orasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda asosiy o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi va g‘olibni aniqlash uchun hakamlar penaltilar seriyasini belgilashdi.
Milliy jamoa penaltilar seriyasida Janubiy Koreyadan ustun keldi. Janubiy Koreya bittasini golni muvaffaqiyatli amalga oshirdi, O‘zbekiston esa - 3 ta.
Muxlislar o‘yinni tik oyoqda kuzatdi, olqishlar bilan futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashdi.
Navbatdagi o‘yin - final va unda O‘zbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi o‘ynaydi.