Apreldan metro pensionerlarga vaqt cheklovisiz bepul xizmat ko‘rsatadi

Hozir pensionerlar faqat soat 10:00 dan 16:00 gacha metroda bepul yurishlari mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Joriy yil 1-apreldan boshlab Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi, deb yozmoqda O‘zA.
Ta’kidlanishicha, bunda Toshkent metropolitenining mazkur bandda ko‘rsatilgan xizmatlarni ko‘rsatish evaziga olinmay qolgan daromadlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi.
Eslatib o‘tamiz, hozir pensionerlar faqat soat 10:00 dan 16:00 gacha metroda bepul yurishlari mumkin.