TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Amerikaning MQ-9 uchuvchisiz uchar apparati bilan yuz bergan voqea va Pentagonning bunga bildirgan munosabati provokatsiyadir. Bu haqda Rossiya Davlat dumasining xalqaro qo‘mitasi rahbari va Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDPR) yetakchisi Leonid Sluskiy ma’lum qildi.
“Amerikaning MQ-9 uchuvchisiz uchar apparati bilan yuz bergan voqea va Rossiya chegaralari yaqinida Qora dengiz ustida parvozlarni davom ettirish niyati haqida ma’lum qilgan Pentagonning bildirgan munosabati yana bir bor AQShning Ukraina mojarosiga jalb qilinganini tasdiqlaydi. Uchuvchisiz uchar apparatning razvedka missiyasi nafaqat inkor etildi, balki amalda AQShning mudofaa idorasi vakillari tomonidan tasdiqlandi. Shubhasiz, bu provokatsiya, u Rossiya tomonidan dushmanona xatti-harakatlar deb baholanadi”, - dedi Sluskiy. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Shuningdek, u aynan AQSh Ukraina mojarosi hududidagi vaziyatni izchil keskinlashtirayotganini ta’kidladi.
“Vashington o‘zining “dronli avanturalari” yanada jiddiyroq oqibatlarga olib kelmasidan oldin ularning xavfliligiga baho berishi kerak”, - deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Amerikaning MQ-9 droni o‘chirilgan transponderlari bilan Qora dengiz ustidagi rejim hududi chegaralarini buzganini xabar qildi. Ta’kidlanishicha, dron Qrimdagi Rossiya chegarasi tomon harakatlangan. Rossiya qiruvchilari dronni aniqlash uchun havoga ko‘tarilgan. Keskin manyovrlar tufayli dron nazoratsiz parvozga o‘tgan va suvga qulab tushgan. Rossiya qiruvchilari havo-desant qurollaridan foydalanmagan, dron bilan aloqada bo‘lmagan va o‘z baza aerodromiga muvafaqiyatli qaytgan.