TOShKENT, 14 mar - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi, “Rossiya segodnya” Xalqaro axborot agentligi ijrochi direktori Kirill Vishinskiy BMT Xavfsizlik kengashida rusofobiya mavzusida nutq so‘zladi.
Nyu Yorkka jo‘nab ketishidan oldin Vqshinskiy RIA Novostiga quyidagilarni aytib bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada ashaddiy rusofobiya 10-yildan ko‘proq vaqt oldin boshlangan va nafaqat ruslar va Ukrainada yashovchi barcha rusiyzabon va o‘zini rus til va madaniy hamjamiyatining bir qismi deb hisoblaydiganlarga ham ta’sir qilgan.
"Bu Rossiya fuqarolari va o‘zini rus xalqidek his qiladigan boshqa mamlakatlar fuqarolariga, bizning yurtdoshlarimiz esa - juda keng doiradagi odamlarga taalluqlidir. Ularning insoniyatga qarshi nafrat uyg‘otuvchi mafkurasi - Rossiyani alohida o‘ziga xos sivilizatsiya sifatida, rus madaniyati, rus tili va unda so‘zlarshuvchi kishilarni yo‘q qilishga qaratilgan", - dedi Vishinskiy.
Jurnalistning aytishiga ko‘ra, Ukraina hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanib kelayotgan rusofobiyaga juda ko‘p misollar keltirish mumkin.
"Ukraina televideniyesida jonli efirda namoyish etilayotgan ruslarni, ularning bolalari va oila a’zolarini o‘ldirishga chaqiriqlar, rus tilida ta’lim olishga, ruscha so‘zlashishga qo‘yilayotgan ta’qiqlar - bularning barchasi uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Bunga ko‘p misollar keltirilishi mumkin ", - deya qo‘shimcha qildi Vishinskiy.
Kirill Vishinskiy - Ukrainaning Dnepropetrovsk shahrida tug‘ilgan. 2000-yillardan u Ukrainaning 11-kanal va ICTV telekanallarida ishlagan, "Ko‘cha televideniyesi" teleloyihalarining muallifi, Dmitriy Kiselov bilan birga "Podrobno" dasturi va axborot xizmatining bosh muharriri bo‘lgan.
2006 yildan 2014-yilgacha u "Rossiya-1" telekanalida "Vesti" dasturida jurnalist bo‘lgan. 2014-yilda Ukrainadagi davlat to‘ntarishidan keyin u "RIA Novosti Ukraina" portalini boshqargan.
2018 yilning 15-may kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati “RIA Novosti Ukraina” axborot agentligi xodimlariga qarshi operatsiya o‘tkazib, uning Kiyevdagi markaziy ofisida va bir nechta jurnalistlarning xonadonlarida tintuv o‘tkazadi va Vishinskiyni "davlatga xiyonat qilishda" gumon qilib hibsga oladi. Hech qanday dalil va aniq ayblovlarsiz Vishinsikiy 2019-yil 28-avgustiga qadar Ukraina qamoqxonasida ushlab turiladi.