Tramp o‘zini uchinchi jahon urushining oldini olishga qodir bo‘lgan yagona nomzod deb atadi

Donald Tramp: men uchinchi jahon urushining oldini olaman.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zini uchinchi jahon urushining oldini olishga qodir bo‘lgan Amerika yetakchiligiga yagona nomzod deb atadi, deya xabar berdi RIA Novosti.

"Men buni va’da qila oladigan yagona nomzodman. Men uchinchi jahon urushining oldini olaman, chunki sizda uchinchi jahon urushi chindan bo‘ladi deb hisoblayman", - dedi u.

Tramp Ukrainadagi mojaroga hech qachon yo‘l qo‘ymasligini bir necha bor aytgan. Uning fikricha, mojaro sababli global yadroviy qarama-qarshilikka aylanib qolish xavfi bor.