TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 19, 21-mart kunlari Toshkent-Urganch yo‘nalishi va 20, 22-mart kunlari Urganch-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
19 mart kuni 156-sonli Toshkent-Urganch yo‘nalishi, Toshkent 23:58 — Urganch 14:16;
20 mart kuni 155-sonli Urganch-Toshkent yo‘nalishi, Urganch 17:42 — Toshkent 07:06;
21 mart kuni 156-sonli Toshkent-Urganch yo‘nalishi, Toshkent 23:58 — Urganch 14:16;
22 mart kuni 155-sonli Urganch-Toshkent yo‘nalishi, Urganch 17:42 — Toshkent 07:06.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin.
Avvalroq Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.